Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 19-oktabr
Bu shartlar FastSell CRM'dan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Kompaniyani ro'yxatdan o'tkazib, siz ularni qabul qilasiz.
1. Xizmat
FastSell — kompaniyalar uchun CRM: mahsulotlar, buyurtmalar, kuryerlar hamda kelishuv asosida ishlaydigan operator va targetologlar bilan ishlash tizimi. Ads bo'limi targetologlarga Facebook/Instagram lid-formalari va o'z saytidan kelgan lidlarni FastSell oqimiga yoki o'z tizimiga avtomatik yuborish imkonini beradi. Market rejalashtirilgan yo'nalish bo'lib, bu shartlarga kirmaydi.
2. Hisob va xavfsizlik
- Ro'yxatdan o'tishda to'g'ri ma'lumot kiritasiz va telefon raqamingizni SMS kod bilan tasdiqlaysiz.
- Parolni boshqalarga bermaysiz; hisobingizdagi amallar uchun o'zingiz javobgarsiz.
- Tizim xavfsizligini buzishga yoki boshqa kompaniyalar ma'lumotlariga kirishga urinmaysiz.
- Mijozlar ma'lumotlarini qonuniy asosda yig'asiz va ishlatasiz.
3. Tariflar va bepul muddat
- Tariflar, narxlar va cheklovlar saytdagi «Tariflar» bo'limida ko'rsatiladi.
- Saytdan ro'yxatdan o'tgan yangi kompaniya Start tarifida 30 kun bepul ishlaydi.
- Bepul muddatdan keyin xizmatdan foydalanish uchun tarif narxi to'lanadi. To'lov avtomatik yechib olinmaydi.
4. Ads bo'limi (Facebook, Instagram, sayt)
- Facebook akkauntini faqat o'zingizga tegishli yoki boshqarishga huquqingiz bor sahifa va reklama akkauntlari bilan ulaysiz hamda Meta platformasi qoidalariga amal qilasiz.
- Lid-formada mijozdan ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik olish va ularni qonuniy asosda ishlatish targetologning vazifasi.
- Kelishuvdagi offer oqimiga yuborilgan lidlar cheklanmaydi. Targetologning o'z tizimiga (webhook) yuborilgan lidlar tanlangan tarifning oylik limiti bo'yicha hisoblanadi; limit tugasa lidlar yo'qolmaydi va tarif yangilanganda yoki yangi oyda yuboriladi.
- Uchinchi tomon xizmatlaridagi (Meta, Telegram, targetologning tashqi tizimi) nosozlik sabab lid kechikishi mumkin; bunday lidlar navbatda saqlanib, qayta yuboriladi.
5. O'zgarishlar va to'xtatish
- Narxlar o'zgarishi mumkin; o'zgarish joriy to'langan davr tugaganidan keyin kuchga kiradi.
- Texnik ishlar yoki uchinchi tomon xizmatlaridagi (SMS, server) nosozlik sabab xizmat vaqtincha to'xtashi mumkin.
- Shartlar buzilsa, hisob to'xtatib qo'yilishi mumkin. Siz istalgan vaqtda foydalanishni to'xtatib, hisobni o'chirishni so'rashingiz mumkin.
6. Qo'llaniladigan qonunchilik
Bu shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.