Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 19-oktabr
Bu siyosat FastSell CRM (fastsell.uz va unga tegishli panellar) qaysi ma'lumotlarni yig'ishini va ular bilan nima qilishini tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Hisob va kompaniya: kompaniya nomi, egasining ismi, familiyasi, telefon raqami va logini. Parol faqat hash (bcrypt) ko'rinishida saqlanadi.
- Ish maydoni ma'lumotlari: mahsulotlar (rasm va videolar bilan), buyurtmalar, izohlar, xodimlar va hamkorlar.
- Mijozlar ma'lumotlari: kompaniya CRM'ga kiritgan mijozning ismi, telefon raqami va manzili.
- SMS tasdiqlash: telefon raqami va bir martalik kod. Kod 5 daqiqadan keyin avtomatik o'chiriladi.
- Texnik ma'lumotlar: so'rovlar jurnali (IP manzil bilan) va xodimlarning tizimdagi amallari jurnali.
- Facebook va Instagram (Ads bo'limi): targetolog o'z Facebook akkauntini ulaganda — Facebook foydalanuvchi ID va ismi, biznes akkaunt, sahifalar ro'yxati, lid-formalar va ularning savollari, reklamalardan kelgan lidlar (formaga kiritilgan ism, telefon va boshqa javoblar), kampaniya, reklama to'plami va reklama nomlari. Kirish tokenlari shifrlangan (AES-256) holda saqlanadi.
- Targetolog saytidan kelgan lidlar («O'z saytingiz»): sayt formasi yuborgan maydonlar (odatda ism va telefon).
- Telegram: botni ulaganingizda — Telegram foydalanuvchi ID, username, hamda lid xabarlari uchun ulangan guruh va kanallar ID va nomi.
2. Nima uchun ishlatiladi
- Kompaniya ish maydonini yaratish va panellarga kirishni ta'minlash.
- Buyurtmalarni yuritish: operator, yetkazib berish va hamkorlar bilan ishlash.
- Telefon raqamni SMS kod bilan tasdiqlash.
- Xizmatni xavfsiz ishlatish va nosozliklarni aniqlash.
- Facebook/Instagram yoki saytdan kelgan lidni targetolog tanlagan joyga yetkazish: kompaniya CRM'ida buyurtma yaratish yoki targetolog ko'rsatgan tashqi tizimga (webhook) yuborish.
- Targetologga lid va uning natijasi haqida Telegram orqali xabar berish (faqat targetolog yoqqan bo'lsa).
3. Xizmat provayderlari
Ma'lumotlar sotilmaydi. Xizmat ishlashi uchun quyidagi provayderlardan foydalaniladi:
- GetSMS — tasdiqlash kodini SMS orqali yuborish.
- DigitalOcean — server va yuklangan fayllarni saqlash.
- Vercel — fastsell.uz saytini joylashtirish.
- Meta Platforms (Facebook, Instagram) — targetolog ruxsati bilan lid-formalar va lidlarni olish (Graph API).
- Telegram — xabarnomalarni yuborish.
4. Saqlash muddati
- Hisob va ish maydoni ma'lumotlari — hisob faol bo'lgan davrda yoki o'chirish so'rovi bajarilguncha.
- Xodimlar amallari jurnali — 60 kun, keyin avtomatik o'chiriladi.
- SMS tasdiqlash kodi — 5 daqiqa.
- Facebook kirish tokenlari — akkaunt ulangan davrda. Akkaunt panelda uzilsa yoki ilova Facebook sozlamalarida o'chirilsa, tokenlar ishlamay qoladi va o'chiriladi.
- Lidlar va ularning yuborish jurnali — integratsiya yoki hisob o'chirilguncha. Lid asosida yaratilgan buyurtmalar kompaniya ma'lumoti hisoblanadi.
5. Xavfsizlik
Sayt va API HTTPS orqali ishlaydi, parollar hash ko'rinishida saqlanadi. Ma'lumotlar kompaniyalar bo'yicha ajratib yuritiladi.
6. Facebook va Instagram ma'lumotlari
Facebook va Instagram ma'lumotlari faqat targetolog o'z akkauntini ulab, ruxsat bergandan keyin va faqat lidlarni u tanlagan joyga yetkazish uchun ishlatiladi. Bu ma'lumotlar sotilmaydi, reklama maqsadida ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi — targetolog o'zi ko'rsatgan manzil (kompaniya CRM'i yoki uning tashqi tizimi) bundan mustasno.
Ruxsatni istalgan vaqtda bekor qilish mumkin: panelda Ads → Akkauntlar bo'limida akkauntni uzish yoki Facebook → Sozlamalar → Biznes integratsiyalari bo'limida FastSell ilovasini o'chirish orqali. O'chirish tartibi «Ma'lumotni o'chirish» sahifasida.
7. Mijozlaringiz ma'lumotlari
Kompaniya CRM'ga kiritgan mijoz ma'lumotlari uchun kompaniya javobgar: ularni qonuniy asosda yig'ish va ishlatish kompaniyaning vazifasi. FastSell bu ma'lumotlarni faqat kompaniyaga xizmat ko'rsatish uchun qayta ishlaydi.
8. Sizning huquqlaringiz
- Biz saqlayotgan ma'lumotlaringiz haqida so'rash.
- Noto'g'ri ma'lumotni tuzatish.
- Hisob va ma'lumotlarni o'chirishni so'rash — «Ma'lumotni o'chirish» sahifasiga qarang.
Savollar bo'yicha murojaat
Maxfiylik yoki ma'lumotlaringiz bo'yicha savollar bo'lsa, quyidagi kanallar orqali yozing.